Respublikada orta talim va maktabgacha ta’lim muassasalaridagi bolalar ortasida ichak gelmintozi bilan kasallanishni kamaytirish hamda oldini olish maqsadida 21 apreldan va 3 may sanasiga qadar
Ovqatdan zaharlanish holatini oldini olish yuzasidan o’tkazilgan o’rganishlar davomida iste’molga yaroqsiz bo‘lgan, shuningdek noqonuniy ravishda va notog’ri shakilda fuqaro tomonidan sotilayotgan -10 litr frezer muzqaymog’i;-5 lotr muzqaymoq siropi;-20 litr mevali kompot mahsulotlari zaharlanish holati keltirib chiqarishi mumkin bo’lganligi sababli savdodan olindi va o‘rnatilgan tartibda brakeraj qilindi. 📌 Qayd etish kerakki, ushbu holat Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Olmazor tuman bo‘limi mudirasi hamda mas’ul xodimlari tomonidan tumanda joylashgan mahalla va ko’chalarda sotilayotgan mahsulotlar sifati nazoratdan o’tkazish jarayonida aniqlandi. 🔸Shuningdek, sotuvchilar tomonidan yo’l qo’yilgan kamchiliklar yuzasidan sotuvchilarga tushuntirish ishlari olib borildi. Sanepidqo’mita Toshkent shahar BoshqarmasiOlmazor tuman bo’limi
Salmonellyoz — ovqat hazm qilish tizimini zararlaydigan o‘tkir yuqumli kasallik. Kasallikning avj olishi ko‘proq yozda sodir bo‘ladi. 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda salmonellyoz juda og‘ir kechadi va o‘limga olib kelishi mumkin. 📌Sanepidqoʼmita Toshkent shahar boshqarmasi Olmazor tuman boʼlimi epidemiologiya va immunoprofilaktika boʼlinmasi tomonidan Salmanellyoz kasalligi qayd etilganligi sababli uy o‘chog‘ida epidemiologik surishtiruv ishlari olib borildi. 🔸Bakteriologik tekshiruvlarni o‘tkazish uchun oshxona jihozlari va idish-tovoqlardan surtmalar olindi va kasallikni oldini olish bo‘yicha suhbat o‘tkazildi.Shuningdek dezinfeksiya tadbirlari olib borildi va laboratoriya uchun suvdan na’muna olindi. Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasiOlmazor tumani bo’limiJamoatchilik bilan ishlash bo’linmasi
Oxirgi vaqtlarda savdo do’konlarida va noqonuniy ko‘cha savdo joylarida, sifati kafolatlanmagan, hujjatlari bo‘lmagan, nomalum sharoitida tayyorlangan turli xil mahsulotlar sotilishi va ularni fuqarolar tomonidan iste’mol qilish natijasida ovqatdan zaharlanish holatlari qayd qilinmoqda. 📌Shu sababdan,Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Olmazor tuman bo’limi mutaxassislari tomonidan noqonuniy sotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlar va nomalum sharoitda tayyorlangan maxsulotlar sifati, ishlab chiqarilgan sanasi, yaroqlilik muddatlari, saqlanish holati yuzasidan muntazam ravishda reydlar amalga oshirilmoqda. 🔸Olib borilgan o’rganishlar natijasida noqonuniy va notog’ri ravishda sotilayotgan qulupnay va boshqa turdagi sabzavotlar savdosi aniqlandi,sotuvchiga tushuntirish ishlari olib borildi va mahsulotlar tegishli tartibda savdodan olindi. Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasiOlmazor tuman bo’limi
Aholining ko’p qismini qizamiq virusini yuqtirishdan saqlaydigan o’ziga xos profilaktika muntazam emlashdan iborat. Qizamiqqa qarshi birinchi emlash bolaning 12-15 oyligida amalga oshiriladi. Kuchaytiruvchi emlash 6 yoshda amalga oshiriladi. 📌Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Olmazor tuman bo’limi epidemiologiya mutaxassislari tomonidan Markaziy ko’p tarmoqli oilaviy poliknilikada bolalar o’rtasida qizamiq kasalligini oldini olish maqsadida emlash ishlari tashkil qilinganligi yuzasidan monitoring o’tkazildi. 🔸O’tkazilgan monitoringda qizamiqqa qarshi vaksinalar saqlash sharoitlari o’rganildi va emlash olib borilayotganligi aniqlandi. 🔸Shuningdek vaksina qilingan bolalarning ota-onalariga vaksinadan keyingi bolada bo’ladigan xolat bo’yicha tushuntirildi va qizamiq kasalligini oldini olish bo’yicha tavsiyalar berildi. Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasiOlmazor tuman bo’limi
Ovqatdan zaharlanish holatini oldini olish yuzasidan o’tkazilgan o’rganishlar davomida iste’molga yaroqsiz bo‘lgan -55 kg «Andijon» muzqaymog’i;-15 kg muzqaymoq noni zaharlanish holati keltirib chiqarishi mumkin bo’lganligi sababli savdodan olindi va o‘rnatilgan tartibda brakeraj qilindi. 📌 Qayd etish kerakki, ushbu holat Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Olmazor tuman bo‘limi mudirasi hamda mas’ul xodimlari tomonidan tumanda joylashgan «Mevazor» ko’chasi va dehqon bozorlar rastalarida sotilayotgan mahsulotlar sifati nazoratdan o’tkazish jarayonida aniqlandi. 🔸Shuningdek, sotuvchilar tomonidan yo’l qo’yilgan kamchiliklar yuzasidan sotuvchilarga va bozor ma’muriyatiga tushuntirish ishlari olib borildi. Sanepidqo’mita Toshkent shahar BoshqarmasiOlmazor tuman bo’limi
Tashkilotimizda o’tkazilgan test, tahlil, o’lchash va baholash bo’yicha tadqiqotlarda milliy va xalqaro standartlarga va amaldagi huquqiy me’yorlarga rioya qilinadi va ishonchli va xolis natijalar olinadi. Bu tadqiqotlar eng yangi texnologik uskunalar, o‘qitilgan va tajribali kadrlarga asoslangan. 📌Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Olmazor tuman bo’limi oziq-ovqat gigiyena laboratoriyasiga tumanda joylashgan dehqon bozorlardan olib keltirilgan oziq-ovqat mahsulotlarida og’ir metall tuzlarini ko’rish uchun birlamchi tahlil jarayoni o’tkazildi. Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasiOlmazor tuman bo’limi
Mamlakatimizda aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini tubdan oshirish, tibbiyot muassasalarining resurslar salohiyatini yaxshilashga katta eʼtibor qaratilmoqda. Sogʻliqni saqlashni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan islohotlar uzoq masofalarni kamaytirib, koʻp muammolarning yechimini osonlashtirdi. 📌Shu bois, Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Olmazor tuman bo’limi mutaxassis xodimlari bilan birgalikda 20-sonli oilaviy poliknilikada tuman bo’limining rejasi asosida hamda mavsumiy kasalliklarni oldini olish shuningdek sanitariya qoida va me’yor talablari qay tarzda bajarilganligi yuzasidan tekshiruv ishlari o’tkazildi. 🔻Tekshiruv mobaynida: 🔸O’tkazilgan rejali tekshiruv natijasida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli ma’sullarga tavsiyalar berildi va ogohlantirildi. Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasiOlmazor tuman bo’limi
Bitlarni shunchaki oddiygina parazit deb o‘ylasangiz, xato qilasiz. Pedikulyoz juda xavfli kasallik. Boshingiz yoki tanangizni qashib, tirnab oldingiz. Bunda parazit hasharotlarning chiqindilari qon orqali odam organizmiga tushadi. Bu esa vaqti kelib kishi salomatligiga jiddiy putur yetkazishi tayin. Bunda limfa tizimi jarohatlanib, immunitet pasayishi kuzatiladi. Bundan tashqari, bitlar terlama, turli isitmalar, teri infeksiyalari kabi xavfli kasalliklar o‘chog‘i sanaladi 📌Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Olmazor tuman bo’limi epidemiologiya va immunnoprofilaktika bo’linmasi xodimlari ishtirokida 278-sonli maktab o’quvchilari o’rtasida pedikulyoz kasalligini oldini olishga qaratilgan chora tadbirlar amalga oshirilindi. 🔸Olib borilgan chora tadirlar davomida o’quvchilar mutaxassislar tomonidan ko’zdan kechirildi.Hamda o’qituvchilarga ushbu kasallik tog’risida tushuntirilib uni oldini
Gijjalar inson organizmiga parazit tuxumlarini iste’mol qilish orqali tushishi mumkin. Parazitlarning tuxumlari kir narsalarga tegilganda, tirnoqlarni tishlaganda, chala yuvilgan meva sa sabzavotlarni yoki chala pishirilgan gosht va baliq mahsulotlarini istemol qilganda odam organizmiga tushishi mumkin, shuningdek, gijjalar uy hayvonlaridan ham yuqishi mumkin. 📌Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Olmazor tuman bo’limi Parazitalogiya va laboratoriya bo’linmasi mutaxassislari tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent shahar Olmazor tumani 100-sonli ixtisoslashgan maktab internatida gelmintoz kasalligi ya’ni gijja tuxumlarini aniqlash maqsadida 64 nafar o’quvchilardan perional soskob usulida na’munalar olindi va tuman laboratoriyasiga tekshirish maqsadida olib kelindi. 🔸Tekshirish natijasida 64 nafar o’quvchidan 4 nafarida