


Salmonellyoz — ovqat hazm qilish tizimini zararlaydigan o‘tkir yuqumli kasallik. Kasallikning avj olishi ko‘proq yozda sodir bo‘ladi. 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda salmonellyoz juda og‘ir kechadi va o‘limga olib kelishi mumkin.
📌Sanepidqoʼmita Toshkent shahar boshqarmasi Olmazor tuman boʼlimi epidemiologiya va immunoprofilaktika boʼlinmasi tomonidan Salmanellyoz kasalligi qayd etilganligi sababli uy o‘chog‘ida epidemiologik surishtiruv ishlari olib borildi.
🔸Bakteriologik tekshiruvlarni o‘tkazish uchun oshxona jihozlari va idish-tovoqlardan surtmalar olindi va kasallikni oldini olish bo‘yicha suhbat o‘tkazildi.Shuningdek dezinfeksiya tadbirlari olib borildi va laboratoriya uchun suvdan na’muna olindi.
Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Olmazor tumani bo’limi
Jamoatchilik bilan ishlash bo’linmasi

