

Oxirgi vaqtlarda savdo do’konlarida va noqonuniy ko‘cha savdo joylarida, sifati kafolatlanmagan, hujjatlari bo‘lmagan, nomalum sharoitida tayyorlangan turli xil mahsulotlar sotilishi va ularni fuqarolar tomonidan iste’mol qilish natijasida ovqatdan zaharlanish holatlari qayd qilinmoqda.
📌Shu sababdan,Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Olmazor tuman bo’limi mutaxassislari tomonidan noqonuniy sotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlar va nomalum sharoitda tayyorlangan maxsulotlar sifati, ishlab chiqarilgan sanasi, yaroqlilik muddatlari, saqlanish holati yuzasidan muntazam ravishda reydlar amalga oshirilmoqda.
🔸Olib borilgan o’rganishlar natijasida noqonuniy va notog’ri ravishda sotilayotgan qulupnay va boshqa turdagi sabzavotlar savdosi aniqlandi,sotuvchiga tushuntirish ishlari olib borildi va mahsulotlar tegishli tartibda savdodan olindi.
Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Olmazor tuman bo’limi

