


Respublikada orta talim va maktabgacha ta’lim muassasalaridagi bolalar ortasida ichak gelmintozi bilan kasallanishni kamaytirish hamda oldini olish maqsadida 21 apreldan va 3 may sanasiga qadar 2-10 yoshdagi bolalarga «Albendozol 400 mg» dori vositasini tarqatish orqali ommaviy degelmintizasiya tadbirlari olib borilmoqda.
📌Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Olmazor tumani bo’limi parazitologiya mutaxassislari va maktabgacha ta’lim tashkilot hamshirasi bilan hamkorlikda 299-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari o’rtasida degelmintizatsiya tadbirlari olib borilmoqda.
❗️Ommaviy degelmintizasiya tadbirlarini otkazilishi gijja kasalligi bilan kasallanish darajasini,uni tarqalishini kamayishiga xamda axoli ortasida tushuntirish ishlarini olib borilishi kasallikni qayta yuqishini oldini oladi.
❗️Eslatib o’tamiz bunday chora tadbirlar tumanimizning barcha maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib borilmoqda.
Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi
Olmazor tumani bo’limi
