



Aholining ko’p qismini qizamiq virusini yuqtirishdan saqlaydigan o’ziga xos profilaktika muntazam emlashdan iborat. Qizamiqqa qarshi birinchi emlash bolaning 12-15 oyligida amalga oshiriladi. Kuchaytiruvchi emlash 6 yoshda amalga oshiriladi.
📌Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Olmazor tuman bo’limi epidemiologiya mutaxassislari tomonidan Markaziy ko’p tarmoqli oilaviy poliknilikada bolalar o’rtasida qizamiq kasalligini oldini olish maqsadida emlash ishlari tashkil qilinganligi yuzasidan monitoring o’tkazildi.
🔸O’tkazilgan monitoringda qizamiqqa qarshi vaksinalar saqlash sharoitlari o’rganildi va emlash olib borilayotganligi aniqlandi.
🔸Shuningdek vaksina qilingan bolalarning ota-onalariga vaksinadan keyingi bolada bo’ladigan xolat bo’yicha tushuntirildi va qizamiq kasalligini oldini olish bo’yicha tavsiyalar berildi.
Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Olmazor tuman bo’limi

