







Ovqatdan zaharlanish holatini oldini olish yuzasidan o’tkazilgan o’rganishlar davomida iste’molga yaroqsiz bo‘lgan
- 3 litr polietilen idishga tuzlangan janduk
-3 kg tut; - 4 kg bulg’or qalampir;
Shuningdek noqonuniy ravishda va notog’ri shakilda fuqaro tomonidan sotilayotgan
-55 kg «Andijon» muzqaymog’i;
-15 kg muzqaymoq noni zaharlanish holati keltirib chiqarishi mumkin bo’lganligi sababli savdodan olindi va o‘rnatilgan tartibda brakeraj qilindi.
📌 Qayd etish kerakki, ushbu holat Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Olmazor tuman bo‘limi mudirasi hamda mas’ul xodimlari tomonidan tumanda joylashgan «Mevazor» ko’chasi va dehqon bozorlar rastalarida sotilayotgan mahsulotlar sifati nazoratdan o’tkazish jarayonida aniqlandi.
🔸Shuningdek, sotuvchilar tomonidan yo’l qo’yilgan kamchiliklar yuzasidan sotuvchilarga va bozor ma’muriyatiga tushuntirish ishlari olib borildi.
Sanepidqo’mita Toshkent shahar Boshqarmasi
Olmazor tuman bo’limi

