





Ovqatdan zaharlanish holatini oldini olish yuzasidan o’tkazilgan o’rganishlar davomida iste’molga yaroqsiz bo‘lgan, shuningdek noqonuniy ravishda va notog’ri shakilda fuqaro tomonidan sotilayotgan
-10 litr frezer muzqaymog’i;
-5 lotr muzqaymoq siropi;
-20 litr mevali kompot mahsulotlari zaharlanish holati keltirib chiqarishi mumkin bo’lganligi sababli savdodan olindi va o‘rnatilgan tartibda brakeraj qilindi.
📌 Qayd etish kerakki, ushbu holat Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Olmazor tuman bo‘limi mudirasi hamda mas’ul xodimlari tomonidan tumanda joylashgan mahalla va ko’chalarda sotilayotgan mahsulotlar sifati nazoratdan o’tkazish jarayonida aniqlandi.
🔸Shuningdek, sotuvchilar tomonidan yo’l qo’yilgan kamchiliklar yuzasidan sotuvchilarga tushuntirish ishlari olib borildi.
Sanepidqo’mita Toshkent shahar Boshqarmasi
Olmazor tuman bo’limi

