




Mamlakatimizda aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini tubdan oshirish, tibbiyot muassasalarining resurslar salohiyatini yaxshilashga katta eʼtibor qaratilmoqda. Sogʻliqni saqlashni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan islohotlar uzoq masofalarni kamaytirib, koʻp muammolarning yechimini osonlashtirdi.
📌Shu bois, Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Olmazor tuman bo’limi mutaxassis xodimlari bilan birgalikda 20-sonli oilaviy poliknilikada tuman bo’limining rejasi asosida hamda mavsumiy kasalliklarni oldini olish shuningdek sanitariya qoida va me’yor talablari qay tarzda bajarilganligi yuzasidan tekshiruv ishlari o’tkazildi.
🔻Tekshiruv mobaynida:
- dispanserda ishlovchi xodimlarni davriy va dastlabki tibbiy ko’rikdan o’tkanliklari;
-vaksinalarni saqlash uchun yaratilgan shart sharoitlar;
-yuqumli kasallik bilan chalingan bemorlarni qabul qilish xonalarini mavjudligi va sanitariya holati;
-emlash ishlarini tog’ri tashkil qilinganligi;
-oilaviy poliklinikaning umumiy sanitariya holati va shu kabi holatlar nazorati o’tkazildi.
🔸O’tkazilgan rejali tekshiruv natijasida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli ma’sullarga tavsiyalar berildi va ogohlantirildi.
Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Olmazor tuman bo’limi

