Pedikulyoz kasalligini oldini olish chora tadbirlari amalga oshirilinmoqda

Bitlarni shunchaki oddiygina parazit deb o‘ylasangiz, xato qilasiz. Pedikulyoz juda xavfli kasallik. Boshingiz yoki tanangizni qashib, tirnab oldingiz. Bunda parazit hasharotlarning chiqindilari qon orqali odam organizmiga tushadi. Bu esa vaqti kelib kishi salomatligiga jiddiy putur yetkazishi tayin. Bunda lim­fa tizimi jarohatlanib, immunitet pasayishi kuzatiladi. Bundan tashqari, bitlar terlama, turli isitmalar, teri infeksiyalari kabi xavf­li kasalliklar o‘chog‘i sanaladi

📌Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Olmazor tuman bo’limi epidemiologiya va immunnoprofilaktika bo’linmasi xodimlari ishtirokida 278-sonli maktab o’quvchilari o’rtasida pedikulyoz kasalligini oldini olishga qaratilgan chora tadbirlar amalga oshirilindi.

🔸Olib borilgan chora tadirlar davomida o’quvchilar mutaxassislar tomonidan ko’zdan kechirildi.Hamda o’qituvchilarga ushbu kasallik tog’risida tushuntirilib uni oldini olish tog’risida ma’lumotlar berildi.

Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Olmazor tuman bo’limi

Оставьте комментарий