

Gijjalar inson organizmiga parazit tuxumlarini iste’mol qilish orqali tushishi mumkin. Parazitlarning tuxumlari kir narsalarga tegilganda, tirnoqlarni tishlaganda, chala yuvilgan meva sa sabzavotlarni yoki chala pishirilgan gosht va baliq mahsulotlarini istemol qilganda odam organizmiga tushishi mumkin, shuningdek, gijjalar uy hayvonlaridan ham yuqishi mumkin.
📌Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Olmazor tuman bo’limi Parazitalogiya va laboratoriya bo’linmasi mutaxassislari tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent shahar Olmazor tumani 100-sonli ixtisoslashgan maktab internatida gelmintoz kasalligi ya’ni gijja tuxumlarini aniqlash maqsadida 64 nafar o’quvchilardan perional soskob usulida na’munalar olindi va tuman laboratoriyasiga tekshirish maqsadida olib kelindi.
🔸Tekshirish natijasida 64 nafar o’quvchidan 4 nafarida «Enterobius vermicularis» tuxumi aniqlandi.
Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi
Olmazor tuman bo’limi
Jamoatchilik bilan ishlash bo’linmasi
